Sizga havola qilingan ushbu fotosuratda iste'dodli aktyor va aktrisa katta bir kinosaroyda film tomosha qilishmoqda. Bular Farruh Soipov va Gulchehra Eshonqulovalardir.
Nima sababdan ular birga? Yoki ular o'rtasida qandaydir sevgi-muhabbat tuyg'ulari uyg'onganmikin? Agar shu kabi savollar ham sizni qiynayotgan bo'lsa, zudlik bilan maqolani o'qib chiqing. Avvaliga biz ham yuqoridagi fotosuratni ko'rganimizda hayron qoldik! Keyin bilsak, Gulchehra va Farruh rejissor Yolqin To'ychiev tomonidan suratga tushirilayotgan "Feride" nomli yangi filmda birgalikda suratga tushishayotgan ekan! Film nima sababdan "Feride" deb nomlandi? Yangi film, mashhur turk seriali "Feride"ning davomimi? ""Feride" filmi mutlaqo turk serialiga o'xshamaydi. Shunchaki nomi bir xil" deb javob berdi Yolqin To'ychiev! "Feride" filmida bosh rollarni yosh xonanda Indi, Farruh Soipov va Gulchehra Eshonqulovalar ijro etishmoqda. 25-kadr studiyasi mahsuloti. "Feride" filmi tragedik-melodrama janrida suratga olinmoqda.
Ma'lumotlar: Sb.uz dan olingan.