Missmayaning shaxsiy saytiga Marhamat! Пятница, 19.04.2024, 23:12
Приветствую Вас Гость | RSS
Very-oK | Регистрация | Вход
»Menyu

» Мини-чат

» So'rovlar
Оцените мой сайт
Всего ответов: 109

Very-oK » 2008 » Август » 22 » O‘zbekiston sportchisi – Olimpiada chempioni
O‘zbekiston sportchisi – Olimpiada chempioni
09:57

O‘zA, Zohir Toshxo‘jayev (Pekin), 21.08.2008 21:45

XXIX yozgi Olimpiada o‘yinlarida sportchilarimizdan Artur Taymazov erkin kurash bo‘yicha eng og‘ir – 120 kilogramm vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, ikkinchi marta Olimpiada o‘yinlari chempioni bo‘ldi.

Jahonning eng kuchli erkin kurashchilaridan hisoblangan A.Taymazov final uchrashuvida rossiyalik Baxtiyor Ahmedov bilan kuch sinashdi. 2000 yildan buyon Olimpiada o‘yinlarida uchinchi marotaba finalga chiqqan hamyurtimiz raqibini muddatidan oldin yengib, olimpiadachilarimiz hisobiga birinchi oltin medalni qo‘shdi.

Sidney Olimpiadasi kumush, Afina Olimpiadasining oltin medallari sohibi, ikki karra jahon chempioni, xalqaro toifadagi sport ustasi, 29 yoshli yurtdoshimiz A.Taymazov Pekin Olimpiadasining finaliga qadar ozarboyjonlik Yevropa chempionati sovrindori Ali Isayevni 3:1, kubalik Disney Rodrigesni 3:1, Olimpiada o‘yinlari va jahon chempioni David Musulbesni (Slovakiya) 3:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

– Men bu gal ham xalqimizning ishonchini oqlab, Olimpiya oltin medalini qo‘lga kiritganimdan g‘oyat baxtiyorman, – dedi Artur Taymazov. – Bu g‘alabamni Vatanim – O‘zbekiston mustaqilligining 17 yilligiga bag‘ishlayman.

O‘zbekiston Respublikasi vakili A.Taymazovning Pekin Olimpiadasida erishgan yuksak g‘alabasi sharafiga davlatimiz bayrog‘i ko‘tarilib, madhiyamiz jarangladi.

Ayni paytda, o‘zbekistonlik taekvondochilar – Yevgeniya Karimova, Dmitriy Kim va Akmal Ergashev, kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempioni Vadim Menkov yuqori o‘rinlar uchun kurashni davom ettirmoqda.

Просмотров: 2085 | Добавил: very-ok | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 2
2 Ovtjed  
0
atorvastatin 80mg price <a href="https://lipiws.top/">lipitor 10mg us</a> lipitor 20mg sale

1 Flowerraw  
0
Оригинальные цветы от надежных производителей с заказом в Санкт-Петербурге 24/7.


<a href=https://flowers-delivery-spb.ru/>https://flowers-delivery-spb.ru/</a>

Имя *:
Email *:
Код *:
» Форма входа

» Календарь новостей
«  Август 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

» QidiruV

» HamkorlaR
UzbeK VERY-OK


Copyright MyCorp © 2024
Бесплатный конструктор сайтов - uCoz