Missmayaning shaxsiy saytiga Marhamat! Вторник, 12.12.2017, 01:31
Приветствую Вас Гость | RSS
Very-oK | Каталог статей | Регистрация | Вход
»Menyu

» Bo'limlaR
Sevgi haqida she'rlar [14]
Har xil mavzudagi she'rlar [0]
Admin yozgan she'rlar [0]
O`zim yozgan she'rlar [0]

» Мини-чат

» So'rovlar
Оцените мой сайт
Всего ответов: 108

Very-oK » Статьи » She'riyat olami » Sevgi haqida she'rlar

Ko'nglimni tushunmas suyganim.
Ko'nglimni tushunmas suyganim.
Yonsa ham ishqida yuragim
Ortidan zor qolar tilagim.
Bilmasmi qanchalar kuyganim?
Ko'nglimni tushunmas suyganim.
Yonsa ham ishqida yuragim
Kelib bir holimni ko'rmasa,
Dardimni bir bora so'rmasa?
Bormikin aslida keragim,
Yonsa ham ishqida yuragim?
Ortidan zor qolar tilagim.
Quloq ham solmaydi arzimga,
Nahotki jon so'rar qarzimga?
Istasam sochini silagim
Ortidan zor qolar tilagim.
Bilmasmi qanchalar kuyganim?
Yo bilib bilmasga oldimi,
Qalbiga shubxa in soldimi?
Ko'rdiku?! Yo'lida turganim?
Bilmasmi qanchalar kuyganim?
Ko'nglimni tushunmas suyganim:
- Menda ham muhabbat bor,-dedi,
Lek qalbim xokimi or edi...
Taqdirmi peshonam urganim?
Ko'nglimni tushunmas suyganim.
Категория: Sevgi haqida she'rlar | Добавил: very-ok (22.08.2008)
Просмотров: 1936 | Рейтинг: 4.9/7 |
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
» Форма входа

» QidiruV

» HamkorlaR
UzbeK VERY-OK


Copyright MyCorp © 2017
Бесплатный конструктор сайтов - uCoz