Missmayaning shaxsiy saytiga Marhamat! Пятница, 26.04.2024, 19:38
Приветствую Вас Гость | RSS
Very-oK | Регистрация | Вход
»Menyu

» Мини-чат

» So'rovlar
Оцените мой сайт
Всего ответов: 109

Very-oK » 2008 » Август » 13 » Sidxart Saksena: "Mustaqillikni qadrlashni O'zbekistondan o'rganish kerak"
Sidxart Saksena: "Mustaqillikni qadrlashni O'zbekistondan o'rganish kerak"
15:43
Sidxart Saksena: "Mustaqillikni qadrlashni O'zbekistondan o'rganish kerak"
11.08.2008 09:20:28
Vatanimiz mustaqilligining 17 yilligi arafasida turli davlatlarning taniqli siyosat va jamoat arboblari, olim va san'atkoralari xalqimizni yaqinlashib kelayotgan ushbu qutlug' bayram bilan tabriklamoqda.

Ulardan biri Markaziy Osiyo bo'yicha Kembridj forumi raisi, Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyo mintaqasi bo'yicha yetakchi ekspertlaridan biri, doktor Sidxart Saksenadir.

- O'zbekiston mustaqilligining 17 yilligi asnosida mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mohiyati, yo'nalishlari va natijalarini idrok etish muhim, - deya ta'kidlaydi olim. – Bu xususda gapirib, avvalo, O'zbekistondagi tub o'zgarishlar xalq tarixi, madaniyati va dunyoqarashini hisobga olgan holda amalga oshirilayotganini qayd etish lozim. Ayrim mamlakatlar asosiy e'tiborni iqtisodiy rivojlanishga qaratib, madaniyat, ma'rifat va ma'naviyatni diqqatdan chetda qoldirayotgan bir paytda sizning yurtingizdagi taraqqiyot jarayoni jamiyat hayotining barcha jabhalarini, xususan, iqtisodiy taraqqiyot, ta'lim, sog'liqni saqlash, ma'rifat va ma'naviyat, yosh avlodni tarbiyalash kabi muhim sohalarni qamrab olmoqda.

Mendan ko'pincha, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning dunyodagi barcha xalqlarga nisbatan tatbiq etish mumkin bo'lgan "universal modeli"ning bor yoki yo'qligi haqida so'rashadi. Bu savolga men hamisha davlat va jamiyat munosabatlarini bir model doirasida ushlab turadigan taraqqiyotning yagona yo'li yo'q, deb javob beraman. Davlat va jamiyat o'rtasidagi munosabatlar xususida gap ketganda, fuqarolik jamiyati Osiyo mamlakatlari uchun tarixan xos bo'lgan xususiyat ekanini aytish o'rinli bo'ladi. O'zbekiston bu ro'yxatda o'zining munosib o'rniga ega, binobarin, mamlakatda fuqarolik jamiyatining beqiyos va ijobiy modeli yaratilgan bo'lib, u azal-azaldan jamiyat hayotining ajralmas bir bo'lagi bo'lib kelgan.

Fuqarolik jamiyatining samaradorligini tahlil qilar ekanmiz, undagi mavjud institutlar qandaydir xorijiy "model"larga to'g'ri kelish-kelmasligiga emas, balki oddiy insonlarning talab va ehtiyojlarini qanchalik qanoatlantirayotganiga e'tibor qaratishimiz lozim.

O'zbekistonda har yilni jamiyat hayotining ma'lum bir jabhasiga bag'ishlash yaxshi an'ana tusini olgan. Jumladan, 2008 yil yurtingizda "Yoshlar yili" deb e'lon qilindi. Bu xususda gapirib, avvalo, mazkur tashabbus o'tgan yillardagi ijtimoiy dasturlarning muhim rejalari bilan mantiqan bog'liq ekanini ta'kidlash lozim. Yoshlar har bir davlatning taraqqiyotida muhim o'rinlardan birini egallashi sir emas. O'zbekistonda buni yaxshi anglagan holda masalaning ikki jihatiga, ya'ni ta'lim va sog'liqni saqlash tizimlarini takomillashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Yurtingizdagi ta'lim darajasi juda yuqori. Men bu sohani alohida qiziqish bilan tadqiq qilib, ta'lim tizimidagi islohotlar o'zining ijobiy samarasini berayotganiga ishonch hosil qildim.

Sog'liqni saqlash tizimiga to'xtalib, O'zbekistonda onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishga va, umuman, yosh avlodning sog'lom o'sib-ulg'ayishiga alohida ahamiyat qaratib kelinayotganini ta'kidlashni istardim. Buning uchun yurtingizda bola rivojining barcha bosqichlarida uning sog'lig'ini nazorat qilib borish imkonini beruvchi samarali tizim yaratildi.

Tez orada O'zbekiston mustaqillikning 17 yilligini keng nishonlaydi. Mustaqillik – bu ulug' ne'mat. Uni nafaqat tantana bilan bayram qilish, balki qadrlay bilish ham kerak. O'zbekistondan bu borada o'rnak olsa arziydi. Xalqingiz faxrlanishi mumkin bo'lgan yutuq va natijalar talaygina. Ammo ularning eng asosiysi va eng qadrlisi - mustaqillik yillarida mamlakatda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlikdir. Ishonchim komil, O'zbekiston taraqqiyot va ravnaq yo'lidan bundan keyin ham dadil olimlashda davom etib, o'z oldiga qo'ygan barcha ezgu maqsadlarga albatta erishadi!
Просмотров: 1549 | Добавил: very-ok | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 2
2 Wfrmtp  
0
order atorvastatin 20mg pill <a href="https://lipiws.top/">atorvastatin 20mg generic</a> atorvastatin 80mg uk

1 Ljlhpf  
0
lipitor drug <a href="https://lipiws.top/">atorvastatin 10mg oral</a> order atorvastatin 80mg

Имя *:
Email *:
Код *:
» Форма входа

» Календарь новостей
«  Август 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

» QidiruV

» HamkorlaR
UzbeK VERY-OK


Copyright MyCorp © 2024
Бесплатный конструктор сайтов - uCoz