Missmayaning shaxsiy saytiga Marhamat! Пятница, 19.04.2024, 12:28
Приветствую Вас Гость | RSS
Very-oK | Регистрация | Вход
»Menyu

» Мини-чат

» So'rovlar
Оцените мой сайт
Всего ответов: 109

Very-oK » 2008 » Август » 22 » AKT – olimlarga ko‘makdosh
AKT – olimlarga ko‘makdosh
10:07
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari markazi hamda Rossiya davlat kutubxonasi hamkorligida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyiha mamlakatimiz olimlariga tadqiqotlar o‘tkazish samaradorligini oshirish, rossiyalik hamkasblari bilan axborot almashinuvini kengaytirishga ko‘maklashadi.

Loyiha doirasida to‘liq matnli manbalar, kataloglar bilan almashish yo‘lga qo‘yildi hamda ularning elektron shakllari yaratilmoqda. Masalan, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi markazining elektron kutubxonasidan rossiyalik o‘quvchilar mutaxassislarimizning aloqa va axborotlashtirish sohasidagi tadqiqotlari haqidagi ko‘plab ma’lumotlarni topishi mumkin.

O‘zbekistonlik olimlar esa Rossiya davlat kutubxonasidagi mavjud ilmiy ishlarning elektron kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega. Kutubxona fondi har yili ijtimoiy, tabiiy hamda texnik fanlar sohasidagi qariyb 30 mingta nomzodlik va doktorlik ilmiy ishlari bilan boyitilmoqda. Kutubxonada foydalanuvchilarning ishlarini tezlashtirish uchun qidiruv tizimi ulangan.

Hamkorlikdagi loyiha davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan axborot – kutubxona resurslarini rivojlantirishga qaratilgandir. Bu borada eng zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy maxsulotlar keng qo‘llanilmoqda. Ularning aksariyati o‘z mutaxassislarimiz tomonidan yaratilgan bo‘lib, muqobili yo‘q.

Просмотров: 2485 | Добавил: very-ok | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 1
1 Vwcytv  
0
order lipitor 20mg online cheap <a href="https://lipiws.top/">cheap lipitor</a> order atorvastatin 10mg for sale

Имя *:
Email *:
Код *:
» Форма входа

» Календарь новостей
«  Август 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

» QidiruV

» HamkorlaR
UzbeK VERY-OK


Copyright MyCorp © 2024
Бесплатный конструктор сайтов - uCoz