Missmayaning shaxsiy saytiga Marhamat! Пятница, 29.03.2024, 04:21
Приветствую Вас Гость | RSS
Very-oK | Регистрация | Вход
»Menyu

» Мини-чат

» So'rovlar
Оцените мой сайт
Всего ответов: 109

Very-oK » 2008 » Август » 22 » Go‘zallik bayramiga aylangan festival
Go‘zallik bayramiga aylangan festival
10:10

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Navqiron O‘zbekiston” respublika an’anaviy va zamonaviy san’at festivali davom etmoqda. “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi tomonidan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamkorligida o‘tkazilayotgan ushbu festival ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan hayotga keng tatbiq etilayotgan “Yoshlar yili” Davlat dasturida yosh iste’dod sohiblarini aniqlash, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yangi ijodiy izlanishlar sari yo‘naltirish muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan. Bu boradagi vazifalar ijrosini ta’minlashga vazirlik va idoralar bilan birga, jamoat tashkilotlari ham o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi o‘tkazayotgan bir qator ibratli loyihalar, ko‘rik-tanlovlar, festivallar, konsertlar, badiiy ko‘rgazmalar, sport musobaqalari, ijtimoiy aksiyalar bunga misol bo‘la oladi.

Qator yillardan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan va iqtidorli o‘g‘il-qizlarda tobora katta qiziqish uyg‘otayotgan “Navqiron O‘zbekiston” san’at festivalidan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘sib kelayotgan yosh avlodning iste’dodini har tomonlama kamol toptirish va madaniy saviyasini yuksaltirish, yoshlarimizning milliy va jahon tasviriy san’ati namunalaridan keng bahramand bo‘lishi uchun zarur sharoit yaratishdan iboratdir. Ayni paytda ushbu tasviriy san’at bayrami sohada izlanayotgan iqtidorli yoshlarni aniqlash, rag‘batlantirish, ularning o‘zaro fikr va tajriba almashishini ta’minlash, yetakchi musavvirlar ijodidan bahramand bo‘lish, yurtimiz badiiy ta’limining yanada takomillashuviga o‘ziga xos tarzda hissa qo‘shish imkonini bermoqda. O‘tgan vaqt mobaynida mazkur festivalning turli nominatsiyalarida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar respublika va xalqaro miqyosdagi ko‘rgazmalarda, ko‘rik-tanlovlarda, san’at anjumanlarida, ko‘rgazma-yarmarkalarda muvaffaqiyatli qatnashmoqdalar.

“Navqiron O‘zbekiston-2008” festivali yorqin voqealar, rang-barang madaniy-ma’rifiy tadbirlarga boy bo‘layotgani bilan ahamiyatlidir. Yoshlarning o‘ziga xos san’at bayramiga aylanib ketgan ushbu tadbir doirasida rassomlar, san’atshunoslar ishtirokida mahorat saboqlari, yoshlar ijodiga bag‘ishlangan badiiy ko‘rgazmalar, ijodiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.

– 2006 yili “Kelajak ovozi” respublika iqtidorli yoshlar ko‘rik-tanlovida tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan edim, – deydi festival ishtirokchisi Bobur Dadamuhamedov. – O‘tgan yili “Style.Uz-2007” Dizayn va moda haftaligida muvaffaqiyatli qatnashdim. “Navqiron O‘zbekiston-2008” festivalida milliy zargarlikning an’anaviy va zamonaviy yo‘nalishidagi buyumlarim bilan ishtirok etmoqdaman. Yoshlar ijodini yanada ravnaq toptirishga xizmat qiluvchi bu festival o‘z miqyosi, mazmun-mohiyati bilan noyob ijodiy loyiha ekanini inobatga oladigan bo‘lsak, unda ishtirok etish ijodkorga yangi kuch-g‘ayrat, ilhom beradi.

Festivalning yana bir qatnashchisi – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabasi Yekaterina Ivanova. O‘zbek milliy an’analari, qadriyatlarini, Vatanimiz obidalarini aks ettirish uning ijodida asosiy o‘rin tutadi.

– “Navqiron O‘zbekiston”da turkum tasviriy asarlarim bilan qatnashyapman, – deydi Yekaterina. – Jonajon Vatanimiz mustaqilligining 17 yilligi arafasida tashkil etilgan ushbu festival yurtimiz yoshlari hayotidagi yorqin va unutilmas voqealardandir. Ushbu tadbir har bir izlanuvchan yoshning o‘z orzusini ro‘yobga chiqarishi uchun yurtimizda barcha sharoitlar yaratilganini yana bir karra isbotlab turibdi. Festivalga taqdim etilgan asarlar bilan tanishib, yana bir bor bunga ishonch hosil qilish mumkin.

– Festival doirasidagi mahorat saboqlariga tengqurlarim bilan faol qatnashyapman, – deydi yosh rassom Nigora Sharofxo‘jayeva. – Bu tadbirlarning barchasi yoshlarga o‘z ijodiy salohiyati va qobiliyatini keng namoyish etish imkonini beradi. Hozir tasviriy san’atda zamonaviy yo‘nalish va oqimlar juda ko‘p. Festivalga taqdim etilgan ishlardan bu boradagi ko‘p jihatlarni o‘rgansa arziydi.

– Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan yoshlar uchun barpo etilgan bunday muhtasham ijod saroyida o‘tayotgan ko‘rgazmadan naqqoshlik namunalarining ham keng o‘rin olishi bizni juda to‘lqinlantirib yubordi, – deydi yosh naqqosh Rahimjon Zohidov. – Festivalga taqdim etilgan ishlar, o‘tkazilayotgan mahorat saboqlari yangi ijodiy g‘oyalar, fikrlarning paydo bo‘lishiga katta turtki beradi.

Tadbir doirasida ijodiy anjumanlar, poytaxtimizda istiqlol yillarida barpo etilgan yangi inshootlarga sayohatlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Просмотров: 8617 | Добавил: very-ok | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 1
1 Fzheiv  
0
lipitor 10mg ca <a href="https://lipiws.top/">atorvastatin 20mg generic</a> order atorvastatin 20mg generic

Имя *:
Email *:
Код *:
» Форма входа

» Календарь новостей
«  Август 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

» QidiruV

» HamkorlaR
UzbeK VERY-OK


Copyright MyCorp © 2024
Бесплатный конструктор сайтов - uCoz