Missmayaning shaxsiy saytiga Marhamat! Четверг, 25.04.2024, 19:02
Приветствую Вас Гость | RSS
Very-oK | Регистрация | Вход
»Menyu

» Мини-чат

» So'rovlar
Оцените мой сайт
Всего ответов: 109

Very-oK » 2008 » Август » 22 » “Nihol” mukofotining yangi laureatlari
“Nihol” mukofotining yangi laureatlari
10:15

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun ta’sis etilgan “Nihol” mukofoti tanlovining tashkiliy jarayonlari Nizomga muvofiq estrada san’ati, musiqa ijrochiligi, mumtoz qo‘shiq, opera ijrochiligi va raqs san’ati yo‘nalishlarida uch bosqichda o‘tkazildi.

Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan o‘tkazilgan ushbu ko‘rik-tanlov mamlakatimizning barcha hudud va mintaqalarini qamrab oldi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining barcha tuman, shaharlarida bo‘lib o‘tgan birinchi bosqichda 8122 nafar ishtirokchi o‘z kuchini sinab ko‘rdi.

Tanlov keng jamoatchilik va tomoshabinlar ishtirokida o‘tdi. Qatnashchilarning iqtidori munosib baholandi hamda ular turli o‘rinlar va mukofotlarga sazovor bo‘lishdi. Ommaviy axborot vositalarida nomzodlar, ularning faoliyati va ijodi doimiy yoritib borildi.

Ikkinchi – viloyatlar bosqichida 881 nafar ishtirokchi bellashdi hamda ular orasidan 89 nafar nomzod respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Yakuniy – respublika bosqichi keskin ijodiy bellashuvlar asosida o‘tdi. Unda har bir viloyatdan 2 nafardan, Toshkent shahridan 4 nafar, jami 30 nafar yosh ijrochi “Nihol” mukofotiga nomzod sifatida ishtirok etdi.

Shu munosabat bilan 15 avgust kuni “Istiqlol” saroyida 15 nafar sovrindorga “Nihol” mukofoti tantanali ravishda topshirildi va laureatlar ishtirokida katta konsert dasturi namoyish etildi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yurtimizda milliy san’atimiz va madaniyatimizni yanada rivojlantirish, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishdek ezgu ishlarda navqiron iqtidor sohiblarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni yangi, yanada yuksak ijodiy cho‘qqilar sari rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘sib kelayotgan yosh avlodning iste’dodini har tomonlama kamol toptirish va madaniy saviyasini yuksaltirish, yoshlarimizning milliy va jahon musiqa san’atining yuksak namunalaridan bahramand bo‘lishi uchun zarur barcha sharoitlarni yaratish, iste’dod egalarini qo‘llab-quvvatlash, madaniyat, san’at, ta’lim, ilm-fan, sport kabi sohalarda tengdoshlariga ibrat bo‘layotgan yoshlarga mehr va e’tibor ko‘rsatish davlatimiz siyosatining muhim yo‘nalishiga aylangan. Yurtimizda o‘tkazilayotgan turli ko‘rik-tanlovlar, san’at anjumanlari, fan olimpiadalari, ko‘rgazmalar, vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan ko‘plab ijodiy loyihalar ayni shu maqsadga xizmat qilmoqda. Bunday ezgu ishlar ko‘lami Yoshlar yilida tobora kengaymoqda.

Chorlov musiqasi yangrab, sahnaga “Nihol” mukofotining 2008 yildagi sovrindorlari kirib keladilar. Yurtboshimiz tashabbusi bilan ta’sis etilgan mazkur mukofot yosh iste’dod sohiblarini aniqlash, ularga har tomonlama madad bo‘lish, yangidan-yangi ijodiy parvozlar sari da’vat etishda zo‘r qanot bo‘lmoqda. Ushbu mukofot uchun o‘tkaziladigan tanlovda ishtirok etayotgan yigit-qizlar safining yil sayin kengayib borayotgani “Nihol”ning nufuzi tobora ortayotganidan dalolatdir. O‘zbekiston O‘smirlar simfonik orkestri jamoasi, Aziz Shohakimov, Muhabbat Qilicheva, Jenisbek Piyazov, Eleonora Kotlibulatova, Abdumalik Abduqayumov kabi “Nihol” mukofoti sohiblari respublika va xalqaro ko‘rik-tanlovlar, musiqa anjumanlari, festivallar va konsertlarda muvaffaqiyatli ishtirok etayotgani quvonarlidir.

Bu yil mazkur mukofotga musiqa san’atining turli yo‘nalishlari va xoreografiya bo‘yicha Gulmiraxon Abdulahatova, Ilyos Arabov, Shavkat Ergashev, Azamat Muhammadjonov, Behzod Abduraimov, Bunyod Saidov, Saida Saidbekova, Sirojiddin Fayziyev, Muhabbat Mehmonova, Ra’no Avazova, Sa’dulla Badalov, Oybek Alimov va Nigora Ismoilova, Dilnoza Shermatova, Rashid Xo‘jasov, Ziyoda Qobilova loyiq topildi. Marosimda “Nihol”ning yangi sovrindorlariga ushbu mukofotlar tantanali tarzda topshirildi.

– Iqtidorli yoshlar davlatimiz va jamiyatimiz e’tiborida, e’zozida ekanini har qadamda, o‘qishimiz, ijodiy izlanishlarimiz jarayonida his etib yashaymiz, – deydi “Nihol” mukofoti sohibi, qoraqalpog‘istonlik yosh xonanda Rashid Xo‘jasov. – O‘z navbatida Vatanimiz, xalqimiz bildirgan bunday yuksak ishonchga munosib bo‘lishni, uni o‘zimizning samarali izlanishlarimiz, ijodimiz, faolligimiz bilan oqlashga astoydil intilamiz.

Marosimda “Nihol” mukofoti sohiblari, san’at ustalari va ijrochi yoshlar ishtirokida konsert namoyish etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.Qosimov so‘zga chiqdi.

Просмотров: 16782 | Добавил: very-ok | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 1
1 Joqoxi  
0
atorvastatin for sale online <a href="https://lipiws.top/">atorvastatin 10mg cheap</a> atorvastatin 40mg us

Имя *:
Email *:
Код *:
» Форма входа

» Календарь новостей
«  Август 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

» QidiruV

» HamkorlaR
UzbeK VERY-OK


Copyright MyCorp © 2024
Бесплатный конструктор сайтов - uCoz